00:11 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
64120

Rossiya Tashqi ishlari vazirligi Gʻarb mamlakatlarining Navalniy mavzusida qilgan bayonotlarini "Rossiyani jilovlab turishga urinish, uning ichki ishlariga aralashish" maqsadida uyushtirilgan muvofiqlashtirilgan axborot kampaniyasi deb atamoqda

TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Rossiya GFR, Polsha va Shvetsiya diplomatlarini noqonuniy (sanktsiyalanmagan) aktsiyalarda ishtiroki uchun chiqarib yubordi, deb xabar bermoqda EU Observer YEIdagi manbasiga tayangan holda.

Kelishilmagan mitinglar, hukumatning koʻpsonli ogohlantirishlariga qaramay, Rossiyaning turli shaharlarida 23 va 31 yanvar kunlari boʻlib oʻtdi. Odamlar shuningdek 2 fevral kuni, Moskva Simonov sudi muxolifatchi, Korruptsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Aleksey Navalniyga "Iv Roshe" kompaniyasi ishi boʻyicha berilgan shartli qamoq jazosini 3,5 yil real qamoq jazosiga almashtirish haqida hukm chiqarganida ham koʻchaga chiqishdi.

Shundan soʻng, Gʻarbning yetakchi mamlakatlari, jumladan, AQSH, Germaniya, Frantsiya va Buyuk Britaniya ham Rossiya hukumatini FBK asoschisini ozod qilishga chaqirdilar.

Rossiya Tashqi ishlari vazirligi Gʻarb mamlakatlarining ushbu mavzuda qilgan bayonotlarini "Rossiyani jilovlab turishga urinish, uning ichki ishlariga aralashish" maqsadida uyushtirilgan muvofiqlashtirilgan axborot kampaniyasi deb atadi.

Idora rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning qayd etishicha, Moskva Vashingtonning Rossiyadagi protestlarga va Navalniy bilan bogʻliq voqeaga nisbatan reaktsiyasi borasida u bilan "jiddiy gaplashib olish" niyatida.

Korruptsiyaga qarshi kurash fondi Rossiya Adliya vazirligi tomonidan chet el agenti funktsiyalarini bajaruvchi Notijorat tashkilot reyestriga kiritilgan.

Asosiy mavzular