19:21 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
286 0 0

Fargʻona viloyatining Quva, Yozyovon, Bagʻdod va Oʻzbekiston tumanlarida hokimlar oʻzgardi. Shuningdek, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari tayinlandi.

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Fargʻona viloyatining Quva, Yozyovon, Bagʻdod va Oʻzbekiston tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Halimjon Umarov nomzodi Quva tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlandi va Umarov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

2019 yil mart oyidan beri Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan Halimjon Umarov 1967 yilda tugʻilgan. 2006-2018-yillar Toshloq, 2018-2019 yillar Quva tumani hokimi boʻlgan.

Yozyovon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilshodjon Jalilov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Dilshodjon Jalilov bugungacha “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

1980 yilda Fargʻona shahrida tugʻilgan. Fargʻona politexnika instituti, Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Yuldashev Sherzod Oʻzbekiston tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sherzod Yuldashev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Fargʻona shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

Bagʻdod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Vosiljon Nazarov Bagʻdod tumani hokimi etib tayinlandi. Vosiljon Nazarov 2019 yildan buyon viloyat moliya bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2018 yildan beri Oʻzbekiston hokimi vazifasida ishlab kelgan Alibek Tursunov viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida kutilmaganda Fargʻona shahar Shodiyona mahallasiga bordi. Aholi bilan muloqot qilib, yashash tarzi bilan tanishdi, muammolarini soʻradi. Sektor rahbarlarining faoliyatidan umuman qoniqmadi.

Shundan soʻng Fargʻona shahrida oʻz vazifalarini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar va soliq inspektsiyasi boshligʻi ishdan olindi.

Undan avval prezident raisligida boʻlib oʻtgan Fargʻona viloyat faollari yigʻilishida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun Quva tumanining 4 ta sektor rahbari, Oʻzbekiston tumani hokimi va prokurori hamda Yozyovon tuman hokimi ishdan olingan edi.

Asosiy mavzular