12:38 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
109 0 0

Oʻzbekistonda prezident, parlament saylovlari oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilandi.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi.

Oʻzgartirishga koʻra, prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga,  Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida  edi).

Shuningdek, saylovlarni oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (ilgari saylov uchastkalari tuman va shaharlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuzilgan).

Endilikda Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Senat oʻn ikkinchi yalpi majlisida prezident saylovlari sanasini oktyabrga koʻchirishni nazarda tutuvchi qonunni maʼqullagan edi.

Asosiy mavzular