18:41 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
176 0 0

Fargʻona shahriga yangi hokim, prokuror, shahar ichki ishlar boʻlimining boshligʻi va davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi tayinlandi. Ilgari “toʻrtlik” prezident tashrifi davomida ishdan boʻshatilgandi.

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Xalq deputatlari Fargʻona shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Mirzohid Ubaydullayev Fargʻona shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ubaydullayev tayinlovga qadar Fargʻona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan.

Fargʻona viloyati prokurorining oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan Dilmurod Qobulov mamlakat bosh prokurorining buyrugʻi bilan Fargʻona shahrining prokurori etib tayinlandi.

Podpolkovnik Dilmurod Asqarov Fargʻona shahar ichki ishlar boʻlimining boshligʻi etib tayinlandi. Bunga qadar Fargʻona viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan.

Nuriddin Erkaboyev Fargʻona shahar davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspektsiyasi soliq nazorati boʻlimi Geologiya va yoqilgʻi-energetika komplekslarining soliq nazorati shoʻʼbasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida kutilmaganda Fargʻona shaharidagi Shodiyona mahallasiga bordi. Aholi bilan muloqot qilib, yashash tarzi bilan tanishdi, muammolarini soʻradi. Davlat rahbari sektor rahbarlarining faoliyatidan umuman qoniqmadi. Shundan soʻng Fargʻona shahrida oʻz vazifalarini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar va soliq inspektsiyasi boshligʻi ishdan boʻshatildi.

Teglar:
hokim oʻzgarishi, yangi tayinlov, Fargʻona

Asosiy mavzular