01:20 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
136 0 0

Zoyir Mirzayev Qashqadaryodagi 15 ta hokim va ularning oʻrinbosarlariga yangi xizmat mashinasi sotib olishni taqiqladi.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Qashqadarda viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda faoliyat yurituvchi 15 nafar hokim va ularning oʻrinbosarlariga yangi xizmat avtomobili sotib olishni taqiqladi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Mirzayev bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi selektordan soʻng oʻtkazilgan qisqa muhokama yigʻilishida maʼlum qilgan.

“Koson tumani hokimi va viloyat hokimi oʻrinbosari, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan Bahrom Yusupovga ruxsat berganmiz, - dedi Zoyir Mirzayev. - Uning oʻrniga aholiga foydasi tegadigan biror ish qilaylik. Faqat, zarurat tugʻiladigan boʻlsa, viloyat sessiyasida tasdiqlansagina, ruxsat beramiz”.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Parkent tumani hokimining “Captiva” sotib olish toʻgʻrisidagi qarori bekor qilingani xabar qilingan edi.

Teglar:
avtomobil, Zoyir Mirzayev, Qashqadaryo viloyati

Asosiy mavzular