00:10 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
617 0 0

Prezidentning soʻzlariga koʻra, odamlar qogʻozbozlikdan charchagan. Bank rahbarlari mudrab oʻtiribdi, vazirlar oʻzlarining vertikal tizimida ishlarni tashkil qila olmayapti.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 2021 yilgi Davlat dasturida belgilangan vazifalar bajarmagan davlat organlari rahbarlarini ishdan olish bilan ogohlantirdi. Bu haqda prezident “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.

Mirziyoyev: kamroq gapiring, balandparvoz gaplar menga yoqmaydi

“Asosiy maqsadimiz, mamlakatimiz kelajagi boʻlgan yoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy oʻsishga erishish orqali xalq farovonligini taʼminlashdan iborat”,  - dedi prezident.

Mirziyoyev Fargʻonaga viloyatiga tashrif davomida viloyatning oʻsish nuqtalari belgilangani, lekin shu bilan birga juda katta muammolar borligini taʼkidladi.

Navbat Fargʻona viloyatiga: prezident tashrifidan soʻng toʻrtta tuman hokimi oʻzgardi

“Mana bitta tayyorgarlik koʻrmagan joyga borgan edik, qancha-qancha nuqsonlar, muammolar. Bu shaharning hokimi nima bilan shugʻullanadi, shuncha selektorlarda aytgan (gaplar - tahr.) nimaga ketyapti. Qani sektor rahbarlarining ishi degan savol hammamizni qiynashi kerak”,  -dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbari Fargʻona shahrining toʻrtta sektor rahbarini ishdan olib tashlaganining sababi ular hozirgi siyosatni tushunmasliklari va unga xayrixoh emasliklarini aytdi.

"Qaror chiqdi, hammasini bajarsa boʻladi, lekin bizda eng katta kamchilik nazorat tizimi yoʻq. Viloyat, shahar hokimlari oʻzini qiynamaydi.... martdan har oyda 10-20 foiz bandni bajarmaganda, hammani ishdan olib tashlayveramiz", - dedi prezident

Mirziyoyev bu davlat organlarining barcha darajadagi rahbarlariga taalluqli ekanini urgʻuladi. Uning soʻzlariga koʻra, odamlar qogʻozbozlikdan charchagan. Bank rahbarlari mudrab oʻtiribdi, vazirlar oʻzlarining vertikal tizimida ishlarni tashkil qila olmayapti.

“Rahbar koʻp, masʼullar koʻp, lekin odamlarning dardi bilan shugʻullanadigan odam yoʻq desak bu ham toʻgʻri boʻladi”, - dedi Mirziyoyev.

Prezident Davlat dastur loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyilib, 2 mingdan ziyod takliflar, fikr-mulohazalar olingani, ular asosida qayta ishlanib, yanada boyitilganini eslatdi.

Bir yillik maoshini qaytarsin - prezident Kogon tuman rahbarlarini ishdan oldi

Ushbu takomillashgan Davlat dasturi prezidentning joriy yil 3 fevraldagi farmoniga muvofiq qabul qilindi. Unda 273 ta band bor. Bu chora-tadbirlarni bajarish uchun qariyb 30 trillion soʻm, 2 milliard 600 million dollar va 57 million yevrodan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, Oʻzbekiston, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular