15:46 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Siyosat
Havola olish
95910

Aerodrom qurilayotgan hududda Xayrullo Bozorov tuman faollari, mahalla raislari bilan uchrashib, joriy yil amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar xususida toʻxtaldi.

TOSHKENT, 13 fev - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Oʻzbekistonning anklav hududi - Soʻx tumaniga tashrif buyurib, aerodrom qurilishi jarayonini koʻzdan kechirdi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Plan aerodroma

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining "Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori bilan tumanda Fargʻona viloyati hokimligi Soʻx tumani "Novobod" mahalla fuqarolar yigʻini hududida salkam 10 gektar yerda aerodrom barpo etilishi: vertolyot va samolyot uchish-qoʻnish maydonchasi qurilishi belgilangan boʻlib, bu haqda rasman 8 fevral kuni eʼlon qilingan edi.

Ayni damda tuman markaziga tutash hududda aerodrom qurilishi boshlab yuborilgan. Buning uchun davlat byudjetidan 6,5 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan.

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov mazkur hududga kelib, qurilish ishlari loyihasi bilan shaxsan tanishdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Aerodrom qurilayotgan hududda Bozorov tuman faollari, mahalla raislari bilan uchrashib, joriy yil amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar xususida toʻxtaldi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Vstrecha glavы Ferganskoy dolinы Xayrullo Bozorova s jitelyami Soxskogo rayona

Viloyat hokimi, asosiy va yagona maqsad, Soʻxda tadbirkorlikni rivojlantirib, bu orqali tuman iqtisodiyotini yanada boyitish, aholi bandligini taʼminlashdir, endi ortga yoʻl yoʻq ekanligini alohida qayd etdi.

"Prezidentimiz alohida topshiriq berdilar, meni nomimdan soʻxliklarga salom aytasan, yuragim toʻridagi tilaklarimni yetkazasan dedilar", deya boshladi oʻz gapini Soʻx xalqi bilan uchrashuvda Xayrullo Bozorov. Hokimning ushbu gaplari toʻplanganlar tomonidan "rahmat" va qarsaklar bilan kutib oldi.

"Bu hali boshlanishi. Hali koʻrasizlar, yaqinda vertolyotlar, kichik samolyotlar Fargʻona, Qoʻqon tomonlarga qatnashni boshlaydi. Mana, qurilishni boshlaymiz va xudo xohlasa, olti oyda bitkazamiz", - deya vaʼda berdi soʻxliklarga hokim.

Olti oy ichida qurib bitkaziladigan aeroport orqali An-2 samolyotlari hamda MI-8 vertolyotlarini jalb etgan holda Soʻxdan Fargʻona hamda Qoʻqon yoʻnalishlarida aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.

Bozorov, shuningdek, Soʻxga tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoatni, ishlab chiqarishni olib kirib rivojlantirish uchun davlat rahbari mutasaddi rahbarlarga Soʻxda alohida soliqdan imtiyozga ega zonani tashkil qilish topshirigʻini berganini aytib oʻtdi. Bunda barcha soliqlar 1 foizga keltirilishi koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular