TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. 2021 yilning 16-18 fevral kunlari Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻistonga amaliy tashrif bilan boradi.
TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, tashrif doirasida Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻiston tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar chogʻida mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, Markaziy Osiyoning global iqtisodiy jarayonlar va transport yoʻlaklariga integratsiyasi masalalari muhokama qilinishi koʻzda tutilgan.