12:18 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
190 0 0

Ilhom Muxtorov Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Prezident Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchini tayinladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

Davlat rahbarining tegishli qarori bilan Ilhom Muxtorov ushbu lavozimni egalladi.

Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Ilhom Muxtorov Davlat bojxona qoʻmitasi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida 2019-2020 yillarda Anvar Asamov mehnat qilgan. U 2020 yil noyabrida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosarligiga oʻtkazilgandan soʻng ushbu lavozim boʻsh qolgan edi.

Teglar:
Davlat bojxona qoʻmitasi, tayinlov

Asosiy mavzular