15:39 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Siyosat
Havola olish
343 0 0

Oʻzbekiston TIV rahbari prezident Shavkat Mirziyoyevning maktubini Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga topshirdi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Vazir mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktubini Turkmaniston prezidentiga topshirdi.

Uchrashuv chogʻida oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashinildi.

Qayd etilganidek, ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi natijasida davlatlararo munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyalar, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalar salmoqli darajada faollashdi. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida ham hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Muloqotda Markaziy Osiyoda koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, yangi mintaqaviy bozorlarga chiqish uchun infratuzilmaviy va transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar chogʻida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Eslatib oʻtamiz, avvalro Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻistonga amaliy tashrif bilan borishi xabar qilingan edi.

Teglar:
Turkmaniston, Abdulaziz Kamilov

Asosiy mavzular