23:26 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
518 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumaniga tashrif buyurdi.

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumaniga keldi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 2 maya pribыl v Namanganskuyu oblast
Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Davlat rahbari oʻtgan yili iyunda viloyatda boʻlganida Kosonsoy, Chortoq, Yangiqoʻrgʻon tumanlarini bogʻdorchilikka ixtisoslashtirish yaxshi samara berishini aytgan edi. Shunga muvofiq, ushbu togʻli tumanlarda zamonaviy bogʻ va tokzorlar tashkil etilmoqda.

Ulardan biri – Yangiqoʻrgʻondagi “Sura General Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyatining bogʻi. Bu yer ilgari sugʻorilmas, shu sababli undan unumli foydalanilmas edi. Birlashgan Arab Amirliklarining 3 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyasi hisobiga 103 gektar maydonda intensiv bogʻ barpo etildi.

Avvalo, 250 metr chuqurlikdan suv chiqarildi. Hovuz qazilib, tomchilatib sugʻorish tizimi oʻrnatildi. Oʻtgan yili Italiyadan koʻchatlar olib kelinib, 48 gektarga gilos, 26 gektarga oʻrik, 22 gektarga shaftoli, 7 gektarga olxoʻri ekildi.

Prezident bogʻning iqtisodiy samaradorligi bilan qiziqdi. Bu yerdagi mevalarning hosildorligi oddiy usuldagisiga nisbatan 3 barobar yuqori. Navlari ham bozorbop. Tomchilatib sugʻorish tizimi natijasida har gektar yerdan 2 barobar koʻp suv iqtisod qilish mumkin.

Daraxtlar kelgusi yili hosilga kiradi. Bogʻning yillik quvvati 5 ming tonna boʻladi. 4 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Bogʻda 40 kishi ish bilan taʼminlangan. Qator oralarida sabzavot yetishtirish uchun ishsiz yoshlarga yer boʻlib berilgan.

Davlat rahbari shunday yoshlar bilan suhbatlashdi.

“Sizlarning ishli boʻlganlaringni, kayfiyatlaringni koʻrib xursandman. Yoʻllaringizni topib, ish bilan boʻlib, biringizni ikki qilib, farzandlar kamolini koʻrib yashasalaringiz - mening eng katta maqsadim shu. Buning uchun shu bilan chegaralanmay, koʻproq bilim olishingiz, yangi marralarga intilishingiz kerak,” - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ilgari namanganlik 160 ming kishi xorijga ish izlab ketgani, bugun yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida 100 mingi respublikaga qaytib kelgani taʼkidlandi.

“Yoshlar yoʻlini tasavvur qilolsa, kuch paydo boʻladi. Qiyinchiliklardan, sinovlardan xafa boʻlmaslik kerak. Hayot maktabini oʻtagan inson dunyoga boshqacha qaraydi. Yoshlarning yaxshisiyam, yomoniyam bizning farzandlarimiz. Sizlarga oʻxshagan intiluvchan, ertangi kuniga befarq boʻlmagan, kasb-hunarli yoshlar boshqa tengdoshlariga oʻrnak boʻlishi kerak,” - dedi prezident.

Davlat rahbari intensiv bogʻning investori bilan muloqotda boʻldi.

Joriy yil 11 yanvarda “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilingan. Unga muvofiq, gʻalla maydonlarini qisqartirib, intensiv bogʻ va tokzorlar tashkil etish, sabzavot, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari belgilangan. “Sura General Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyati yana ming gektarda bogʻ yaratishni maqsad qilgan.

Shu yerda Namangan viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Teglar:
prezident, Namangan viloyati, Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular