10:14 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Siyosat
Havola olish
357 0 0

Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston-Qozogʻiston strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. 2021 yil 18 fevral kuni Nur-Sulton shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tomonidan qabul qilindi.

Vazir Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga yoʻllagan maktubini topshirdi.

Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston-Qozogʻiston strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashqi savdo aylanmasi koʻrsatkichlarini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, tadbirkorlik subektlar va hududlarning oʻzaro aloqalarini jadallashtirish, madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkillashtirishga yoʻnaltirilgan qoʻshma dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat, mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish boʻyicha shakllanayotgan imkoniyatlar, shuningdek, yangi istiqbolli bozorlarga birgalikda kirish boʻyicha rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

Teglar:
hamkorlik, Shavkat Mirziyoyev, Abdulaziz Kamilov, Qasim-Jomart Toqayev, Markaziy Osiyo, Qozogʻiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular