02:00 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
470 0 0

Vazir Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga yoʻllagan maktubini topshirdi.

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. 2021 yil 18 fevral kuni Dushanbe shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon tomonidan qabul qilindi.

Vazir Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga yoʻllagan maktubini topshirdi.

Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklikka asoslangan Oʻzbekiston – Tojikiston munosabatlarining dolzarb masalalari, oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosi koʻrib chiqildi.

Markaziy Osiyodagi davlatlaro hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tovarlar eksportini kengaytirish, yangi transport koridorlarini yoʻlga qoʻyish va mintaqaviy bozorlarni oʻzlashtirish imkoniyatlari batafsil muhokama qilindi.

Uchrashuvda oliy va yuqori darajadagi boʻlajak uchrashuvlar jadvali, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Asosiy mavzular