06:05 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
42320

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Trans-afgʻon transport yoʻlagini barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Trans-afgʻon transport yoʻlagini barpo etish loyihasi yaqin muddatlardagi tashqi siyosatimizni ustuvor maqsadlaridan biri boʻlib qoladi, deb aytdi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov.

TIV vakilining soʻzlariga koʻra, birinchi galda, mintaqalar oʻrtasidagi keng iqtisodiy va savdo-sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish ishlari faol davom ettirilmoqda.

“Ushbu yoʻnalishda asosiy vazifalarimizdan biri, bu Oʻzbekistonning transport salohiyati va imkoniyatlarini kengaytirishdir. Hozirgi kunda Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bogʻlaydigan Trans-afgʻon transport yoʻlagini barpo etish borasida dastlabki kelishuvlarga erishilgan. Bu loyihani amalga oshirish yaqin muddatlardagi tashqi siyosatimizni ustuvor maqsadlaridan biri boʻlib qoladi”, - dedi vazir oʻrinbosari.

Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradigan “Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor” temir yoʻlini qurish loyihasining barcha jihatlarini muhokama qilish va amalga oshirish boʻyicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, 3 davlat transport vazirligi va mutasaddi tashkilotlari vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tashkil etildi.

Eslatib oʻtamiz, shu oy boshida oʻtgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yigʻilishida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov YEOII davlatlariga Trans-afgʻon temir yoʻli qurilishiga qoʻshilishni taklif qilgandi.

2018 yil dekabrda Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston va Pokiston temiryoʻl kompaniyalari rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Unda “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temir yoʻli qurilishi boʻyicha qoʻshma ishchi guruh va moliyaviy konsortsium tashkil qilish haqida kelishib olingandi. Dastlabki hisob-kitobga koʻra, loyiha - 5 milliard dollar. Temir yoʻli uzunligi 573 kilometrni tashkil qiladi. Yangi temir yoʻldan yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish mumkin boʻladi.

Kelajakda temir yoʻli Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlaridan boshlanib, Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya va Yevropagacha boʻlgan global transport koridoriga aylanishi mumkin.

Teglar:
TIV, temir yoʻl, Abdulla Aripov, YEOII, Yevropa Ittifoqi, Yevropa, Hindiston, Pokiston, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular