10:34 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
59930

Namangandagi “Bunyodkor” mahallasida konteyner oʻrnatiladi va unga “viloyat hokimining uyi” deb yozib qoʻyiladi.

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov boshlab Namangan shahridagi “Bunyodkor” mahallasida istiqomat qilishini maʼlum qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Har kuni shu yerda, sizlarga qoʻshni boʻlaman. Uyim mahalla idorasining roʻparasida joylashadi. Bugun shu yerga konteyner oʻrnatiladi va unga “viloyat hokimining uyi” deb yozib qoʻyiladi”, — dedi Shavkatjon Abdurazzaqov.

Erta tongdan ushbu mahallaga yuzlab ishchi-xodim va hasharchilar jalb etilgan. Shaharning chekka hududida yerlarni tekislash, elektr tarmoqlari tortish, obodonlashtirish ishlari boshlangan. Uzoq yillar davomida foydalanishda boʻlgan chiqindixona yopiladigan, mahalla idorasi esa qaytadan quriladigan boʻldi. Mahallaga toza ichimlik suvi keltiriladi.

“Bu yerda 3 gektar joyda kichik sanoat zonasi tashkil etamiz va kamida 10 ta korxona ochamiz. Buning ortidan 12 ming kishi yashaydigan mahallada 1000 nafar odam ishli boʻladi”, — dedi viloyat hokimi.

Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida kutilmaganda “Bunyodkor” mahallasiga borib, u yerda ichimlik suvi yoʻqligi, ichki yoʻllar yomonligi, atrof obodonlashtirilmaganini tanqid qilgan edi.

Asosiy mavzular