15:36 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Siyosat
Havola olish
122 0 0

Boʻlajak uchrashuvlarda Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. 2021 yilning 23 fevral kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afgʻonistonga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Boʻlajak uchrashuvlar va muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Mintaqalararo savdo aylanmasini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bogʻlaydigan qoʻshma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari boʻyicha fikr almashiladi.

Eslatib oʻtamiz, 16-18 fevral kunlari Abdulaziz Kamilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻistonga amaliy tashrif bilan borgan edi.

Asosiy mavzular