17:18 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
171 0 0

Oʻtgan yili oktyabr oyida Ilhom Mahkamovga transport vaziri vazifasini bajarish yuklatilgan edi. U lavozimga tayinlanguniga qadar transport vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Deputatlar Ilhom Mahkamov nomzodini transport vaziri lavozimiga maʼqulladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

22 fevral kuni deputatlar navbatdagi majlisda transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini koʻrib chiqdi va maʼqulladi.

2020 yil avgust oyida Oʻzbekiston transport vaziri Elyor Gʻaniyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlar paydo boʻlgan edi.

Oktyabr oyida esa Ilhom Mahkamovga transport vaziri vazifasini bajarish yuklatilgan edi. U lavozimga tayinlanguniga qadar transport vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Asosiy mavzular