02:06 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
289 0 0

Bitim ikki mamkalat oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va atrof muhitni himoya qilish sohalarda aloqalarni rivojlantirish va faollashtirishga xizmat qiladi.

TOOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati bilan Belarus hukumati oʻrtasida mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisida bitim kuchga kirdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Ushbu bitim Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisida Bitim 2021-yil 18-fevraldan kuchga kirdi", - deyiladi xabarda.

Bitim ikki mamkalat oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va atrof muhitni himoya qilish sohalarda aloqalarni rivojlantirish va faollashtirishga xizmat qiladi.

Hujjatda ikki davlat mintaqalari oʻrtasida bevosita turist almashinuvini tashkil qilish, mintaqalar jozibadorligini oshirishga qaratilgan turizm sohasidagi qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish kelishuvi aks ettirilgan.

Mazkur hukumatlararo Bitimni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston tomonidan – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi masʼul etib belgilangan.

Asosiy mavzular