19:39 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Siyosat
Havola olish
118 0 0

Gʻofir Jamalov Namangan shahri hokimi, Xurshid Odilov shahar prokurori etib tayinlandi. Prezident shaharning avvalgi rahbarlariga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun qattiq tanbeh bergandi.

TOSHKENT, 24 fev — Sputnik.  Gʻofir Jamalov Namangan shahri hokimi tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uning nomzodi Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida maʼqullangan.

Gʻofir Jamalov 1974 yilda Namangan shahrida tugʻilgan. 1997 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini, 2006 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

1997—2009 yillar davomida Namangan shahri va Namangan viloyati hokimliklarida turli masʼul lavozimlarda mehnat qilgan.

2009—2020 yillarda Iqtisodiyot vazirligi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, Uy-joy, kommunal xizmat vazirining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Gʻofir Jamalov 2020 yildan to shu kunga qadar Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Sessiyada deputatlarga shaharning yangi prokurori Xurshid Odilov ham tanishtirildi.

Xurshid Odilov 1981 yili Andijon viloyatida tugʻilgan. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

2004–2018 yillarda Paxtaobod va Asaka tumanlari prokuraturasi, Andijon viloyat prokuraturasida faoliyat yuritgan, Ulugʻnor tumani prokurori boʻlgan.

U 2018 yildan hozirga qadar Namangan viloyatining Chust tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida kutilmaganda “Bunyodkor” mahallasiga borib, u yerda ichimlik suvi yoʻqligi, ichki yoʻllar yomonligi, atrof obodonlashtirilmaganini tanqid qilgan edi. Prezident Namangan shahri hokimi va ushbu mahallaga masʼul sektor rahbari boʻlgan shahar prokuroriga tanbeh bergan edi.

Teglar:
hokim oʻzgarishi, tayinlov, Namangan

Asosiy mavzular