YeOII, KXShT va rus tili - Japarov va Putin nimalarni muhokama qilishdi

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Kirgizstana Sadir Japarov (sleva) vo vremya vstrechi v Kremle
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Kirgizstana Sadir Japarov (sleva) vo vremya vstrechi v Kremle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Sadir Japarov Vladimir Putin bilan uchrashuv davomida ittifoqlar doirasida hamkorlik qilish Qiriziston tashqi siyosati va iqtisodining ustuvor rivojlanish yo‘nalish bo‘lib qolishini ta’kidladi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov o‘zining birinchi xoridiy tashrifini Rossiyaga amalga oshirdi. Rasmiy qabul 24-fevral kuni Kreml saroyida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv boshida Qirg‘iziston prezidenti Vladimir Putinga Rossiyaga taklifi uchun minnatdorlik bildirdi va ikki davlat orasidagi munosabatlarning yuqori darajada ekanini qayd etdi.
“Qirg‘iziston prezidenti sifatida mening birinchi xorijiy tashrifim Rossiyaga amalga oshirilishi – shubhasiz, davlatlarimiz orasida munosabatlar yuqori darajada ekanini tasdiqlaydi. Biz strategik hamkorlikni va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda davom etamiz”, - dedi Japarov.
 Shuningdek Qirg‘iziston prezidenti respublikada siyosiy inqirozni bartaraf etishda Rossiyaning yordami uchun minnatdorlik billdirdi.
Kak proshla pervaya vstrecha Sadira Japarova i Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Putin va Japarovning birinchi uchrashuvi qanday o‘tdi – video  
“Biz YeOII, MDH, KXShT va ShHT doirasida hamkorlikni davom ettiramiz. Bu respublikamizning  tashqi siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yo‘lida - ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi. Pandemiya kabi murakkab davrda bizga ko‘rsatgan yordamingiz uchun sizga alohida minnatdorlik bildirmoqchimiz. Rossiya vaksinasining yuqori samaradorligi va xavfsizligi dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan. Biz ham yaqin orada aholini ommaviy vaksinatsiya qilish kampaniyasini boshlashdan umidvormiz”, - dedi Qirg‘iziston prezidenti.
Uchrashuv davomida Qirg‘iziston prezidenti Vladimir Putinni unga qulay bo‘lgan vaqtda Qirg‘izistonga tashrif buyurishga taklif qildi.
Rossiya prezidenti Sadir Japarovni prezidentlik lavozimiga rasman kirishishi bilan tabrikladi va koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar tufayli ushbu uchrashuvni tashkil qilish oson bo‘lmaganini ta’kidladi.
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
YeOII: Qirg‘iziston migrantlar uchun chegaralarni ochishni taklif qildi
Shuningdek Putin, Rossiya va Qirg‘iziston munosabatlari ittifoqchilik darajasida ekanini hamda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Rossiya Qirzig‘istonning birinchi raqamli hamkori ekanini alohida qayd etib o‘tdi.
Undan tashqari Rossiya prezidenti, koronavirusga qarshi kurash borasida Qirg‘izistonda olib borilayotgan ishlar samarali ekanini va bu borada Rossiya bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida bildirilayotgan qo‘shimcha takliflar borasida Rossiya Qirg‘izistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Shu bilan birga, Vladimir Putin Sadir Japarovga Qirg‘izistonda rus tilining davlat tili maqomida saqlab qolinayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirib o‘tdi.
"Men, ikki tomonlama munosabatlarimizning yana bir o‘ta muhim jihatini qayd etmoqchiman - bu Siz tomondan (Qirg‘izistonda-tahr.) rus tilining davlat maqomini saqlab qolganingiz. Bu biz uchun juda muhim...", - dedi Putin. 
"Biz uchun ham muhim", - deb qo‘shimcha qildi Japarov. 
Vladimir Putin rus tili qirg‘iziston fuqarolariga Rossiyada ishlashi uchun qulay imkoniyatlar yaratishini va kelajakda ham ushbu samarali hamkorlik saqlanib qolishini qayd etdi va Qirg‘izistonda rus tilini o‘rganish uchun sharoit yaratishda yordam berishini bildirdi. 
Yangiliklar lentasi
0