Mirziyoyev BAA energetika vazirini qabul qildi – ko‘rib chiqilgan masalalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu OAE
Prezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu OAE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu OAE
Prezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu OAE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbatda xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda, shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, Amirliklar bozori va uchinchi mamlakatlarga yetkazish bo‘yicha agrosanoat tarmog‘ida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Muqobil energiyadan foydalanish sohasida, energetika va boshqa muhim infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish bo‘yicha yirik loyihalarni faol ishlab chiqish va amalga oshirishni davom ettirishga, shuningdek, yangi ishbilarmonlik tashabbuslari doirasida investitsiyalar portfelini kengaytirish va moliyaviy-texnik ko‘mak dasturlarini ro‘yobga chiqarishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, ta’lim sohasida samarali hamkorlikni kengaytirish hamda Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi tashkilotlari ishtirokida boshqaruv sohasida milliy kadrlarni tayyorlash muhim ekani ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0