Kamilov YeI delegatsiyasi rahbarini qabul qildi: qanday masalalar ko‘rib chiqildi?

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2021
Obuna bo‘lish
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 5-mart kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan, elchi Sharlotta Adrianni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Flagi Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2020
YeI Markaziy Osiyo davlatlariga 134 million yevro yordam puli ajratdi
Elchi vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Vazir Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbarini mazkur tayinlov bilan tabrikladi, unga O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayonini ijobiy baholadilar.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan "O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi" hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi, "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotining navbatdagi davrasini o‘tkazish jadvali, kun tartibi va tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.
2021-yil mart oyining oxiriga qadar O‘zbekistonga "GSP+" maqomi berilishiga umid bildirildi, bu esa O‘zbekiston va YeI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirishga yordam beradi.
YeI bilan ta’lim sohasida, xususan, yangi "Erasmus" dasturi orqali yaqin hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirildi.
Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0