Mirziyoyev xotin-qizlarni 8-mart bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident vruchil nagradi samim aktivnim i talantlivim jenshinam i devushkam
Prezident vruchil nagradi samim aktivnim i talantlivim jenshinam i devushkam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2021
Obuna bo‘lish
"Bundan buyon O‘zbekistonda biror ayol davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmaydi", deya va’da bergan davlat rahbari bayram arafasida tashkillashtirilgan tantanali tadbirda
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xotin-qizlarini 8-mart ayyomi bilan tabrikladi. Ayni daqiqalarda poytaxtdagi "Kongress-holl"da 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda AOKA.
Ayol hissasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
O‘zbekiston hayotida ayollar hissasi
"Hamma harakatlarimizda ayollarimiz, muqaddas onalarimizni rozi qilish yotadi. Mana shunday paytda, siz azizlarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi. Sizlar biz uchun avvalo muqaddas ona, aziz vatan, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-g‘ayrat manbaidirsiz. Bu azaliy haqiqatni, murakkab pandemiya sharoitida, ayniqsa, chuqur his etmoqdamiz. Sizlarning barcha sohalardagi fidokorona mehnatingiz hisobidan mamlakatimizning qudrati va salohiyati, xalqaro obro‘-e’tibori tobora ortib bormoqda. Bugun barcha sohalarda marrani juda katta olyapmiz, ulkan dasturlar, reja va loyihalarni amalga oshirapmiz. Ular, birinchi navbatda, onalarimiz, opa-singillarimiz, aziz farzandlarimizning hayoti va mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Fursatdan foydalanib, barchamizga doimo tog‘dek tayanch bo‘lib kelayotganingiz uchun sizlarga, butun O‘zbekiston xotin-qizlariga chuqur minnatdorchilik bildiraman", - degan O‘zbekiston rahbari.
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
O‘zbekistonda moddiy ahvoli og‘ir ayollarga bepul sayohat uyushtirilmoqda
Mirziyoyevning ta’kidlashicha, muammolar bo‘yicha manzilli ish olib borish uchun mutlaqo yangi tizim — "Ayollar daftari" joriy etildi va keyingi 3 oyda respublika komissiyasi tomonidan ushbu «daftar”ga kiritilgan 80 ming nafar xotin-qizning muammolari hal etildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir ayollarning 32 ming nafari ish bilan ta’minlandi. Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan salkam 17 ming nafar xotin-qizga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
 Ayol farzandi baxtli bo‘lsa, asl baxtni his etadi. Birgina "Har bir oila — tadbirkor" dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi.
Shavkat Mirziyoyev pozdravil Uzbekistan s Dnem konstitutsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Mirziyoyev bir guruh ayollarni bayram munosabati bilan taqdirladi
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qariyb 215 ming oilaga 6 trillion so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi. Deyarli 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan o‘qitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi. "Besh muhim tashabbus" doirasida chekka hududlarda tikuvchilik sexlari tashkil etilib, 10 ming nafar ayollar bandligi ta’minlandi.
Uy-joy sotib olish uchun 1 250 nafar ayollarga qariyb 22 milliard so‘mlik boshlang‘ich badallar to‘lab berildi.
Joriy yilda ham ushbu xayrli ishlar davom ettiriladi va bu borada kuni kecha yangi qaror imzolangan. Unga ko‘ra, jamiyatda ayollarga bo‘lgan e’tiborni eng quyi bo‘g‘ingacha, mahallagacha tushirib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning yaxlit tizimi yaratilmoqda.
"Bundan buyon O‘zbekistonda biror ayol davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmaydi", deya va’da bergan davlat rahbari.
Yangiliklar lentasi
0