Joriy yil 5-may kuni Moskva-Murmansk yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan Sukhoi Superjet100 samolyoti halokatga uchradi.

Parvozning 28 daqiqasidan so‘ng ekipaj aeroportga favqulodda qaytishga qaror qildi.

Yomon ob-havo tufayli samolyot ikkinchi urinishdan so‘ng yerga qo‘nishga erishdi.

Keskin qo‘nish natijasida layner shassi stoykalari sinib ketib, dvigatellari yonib ketadi.

Keyinchalik yong‘in samolyotning qanot qismiga o‘tadi. Halokat oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi, 33 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zolari omon qoldi.

Tergovchilar Sheremetyevo aeroportida sodir bo‘lgan aviahalokatning bir nechta versiyani ko‘rib chiqishmoqda. Asosiylari – pilot, dispecherlar va samolyotni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan ishchilarning malakasi yetishmasligi;  havo kemasining nosozligi hamda yomon ob-havo sharoitlari.

 

Maqola
Davrda
yana 20 ta material
  • Haftada
  • Oyda
  • Yilda
  • Hamma vaqt uchun
Yangiliklar lentasi
0