06:36 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
IES Manometrlari. Arxiv surʼat

Oʻzbekistonda binolar energiya samardorligi oshiriladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
151 0 0

Dastur devorlarni issq-sovuq oʻtmaydigan materiallar bilan qoplash, oynalarni va tomlarni yangilashni oʻz ichiga olgan.

 

TOSHKENT, 17 sen – Sputnik. Iqtisodiyot vazirligi xabariga koʻra, Oʻzbekistonda yaqin vaqt ichida binolar energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻrta muddatli dastur qabul qilinadi.

Oʻzbekiston shaharlarda joylashgan ijtimoiy binolar va koʻp xonadonli uylar 2015 yil oxirigacha energetik nazoratdan oʻtkaziladi. Ushbu nazoart natijalari energiya samaradorligini oshirish dasturi asosiga yotqiziladi.

“Ushbu energetik nazorat natijasida har bir binoni istish, havo tozalash va suv bilan taʼminlash tizimlarining haqiqiy ishlash tartibi oʻrganib chiqiladi. Bu esa oʻz navbatida kelajakda ushbu tizimlar ishining samaradorlgini oshirishga yordam beradi”, — dedi suhbatdosh.  

Hukumatida energiya samardorligi masalalari komissiyasi tuziladi.  

Standartga muvofiq boʻlmagan samarasiz isitish qozonlarini va suv isitish moslamalarini yangi zamonaviy uskunalar bilan almashtirishga alohida eʼtibor beriladi.

Istitish korxonalari ham chetda qolmaydi. Yangi uskunalar 405 markaziy rayon qozonxonalarida oʻrnatiladi. Ulardan Toshkentda 143, Buxoroda 68, Fargʻona viloyatida 41 qozonxona.

Dastur boʻyicha joylardagi qozonxonalarning 1151i yangilanadi, 656si qayta quriladi. Ulardan Toshkentda 535 qozonxona, Namanganda 277ta va Fargʻona viloyatida 250ta.

TOSHISSIQQUVVATI vakili soʻzlariga qaraganda, hozir poytaxtning Sergeli tumanida issiqlik bilan taʼminlash tizimini butunlay yopiq tizimga oʻtkazish boʻyicha birnchi sinov loyhasi amalga oshirilmoqda. Xususan, korxona mutaxasisslari kichik issitish stantsiyalari, xususiy issiqlik hisoblagichlari oʻrnatishmoqda. Yana qozonxonalarda ham qayta qurilish ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar fikricha, qayta qurilgan qozonxonalar samaraligi 90%ga oshadi.

 

 

Asosiy mavzular