12:32 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Anti-monopoliya qoʻmitasi rahbari Igor Artemyev, Rossiya raqobat haftasi anjumanida. Arxiv surat

Anti-monopoliya xizmati Google ni reklama haqidagi qonunni buzganlikda ayblamoqda

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Jamiyat
Havola olish
39 0 0

Rossiyaning Federal Anti-monopoliya xizmati, haydovchilik guvohnomasi sotish haqidagi eʼlonni chop etgani uchun, "Google"ni reklama haqidagi qonunni buzganlikda ayblamoqda.

TOSHKENT, 30 dek – Sputnik. Rossiyaning Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi Moskva shahar boshqarmasi "Google"ni reklama haqidagi qonunni buzganlikda ayblamoqda, muassasa saytida berilgan xabarga asosan

Muassasaning Reklama nazorati xizmati xabar berishiga koʻra “Haydovchilik guvohnomasi. Sotib olish www.***.ru Rasmiy guvohnoma. Muddat va sifati kafolatlangan. Qoʻngʻiroq qil!” mazmunidagi reklama matni Google AdWords xizmati tomonidan chop etilgan.

“Haydovchilik guvohnomasi sotish yoki sotib olish mumkin boʻlgan mahsulot emas. Uni faqat qonun tomonidan belgilangan tartibda olish mumkin. Shuning uchun, bunday mazmundagi matn chop etish — reklama haqidagi qonunni toʻgʻridan-toʻgʻri buzishdir”, — deyilgan muassasa vakili Irina Gudkovanig xabarida.

Eslatib oʻtamiz, hozir Anti-monopoliya qoʻmitasi va Google orasida boshqa ish yuzasida ham sud jarayoni ketmoqda. Ushbu yilning sentyabr oyida Qoʻmita “Google”ni, mobil operatsion sistemalar bozordagi yetakchiligidan foydalanib, Android marketda oldindan belgilangan dasturlar roʻyxatiga asosan kompaniya ishlab chiqqan dasturlar joylashtirishda ayblagandi. Qoʻmita tomonidan Googlega 18 dekabrga qadar ushbu kamchiliklarni bartaraf etish topshirilgandi.

Google Qoʻmita qaroridan noroziligini bildirib va Moskva arbitraj sudiga murojaat qilgan edi.

 

Asosiy mavzular