O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari uchun ekologik xavfsizlik belgisi kiritdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishGilos to‘la yashiklar
Gilos to‘la yashiklar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oziq-ovqat mahsulotlari espertizasi ishlab chiqaruvchining xoxishiga binoan o‘tkaziladi. Ushbu tadbir O‘zbekiston aholisini ekologik toza mahsulotlar iste’mol qilishiga olib kelishi kutilmoqda.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Davlat Tabiatni Muhofaza Qilish qo‘mitasi O‘zbekiston bozoridagi mahsulotlarni ekologik ekspertiza va ekologik belgi qo‘yish tartibini ishlab chiqdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sexida - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2015-yilda 1135 oziq-ovqat korxonasi ochildi

Muassasa vakillari fikriga ko‘ra, O‘zbekiston mahsulotlarida ekologik belgining paydo bo‘lishi tabiatga eng kam zarar yetkizayotgan mahsulotlarga talab oshishiga olib kelishi mumkin.

Mahsulotni belgilash va ekspertizaqilish faqat ishlab chiqaruvchining yoki distributerining xoxishiga qarab va uning tashabbusi bilan amalga oshiriladi.  

Tekshirilishi kerak bo‘lgan mahsulotlarni uch asosiy guruhga bo‘lish taklif qilinadi. Birinchi guruhga O‘zbekistonda o‘tkazilgan ekologik sertifikatsiya belgisi qo‘yiladi, ikkinchi guruhga – ekologik xavfsizlik deklaratsiyalariga asosan beligi qo‘yiladi va uchinchi guruhga – mahsulot ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilingunga qadar bo‘lgan davr ichida ekologik ko‘rsatgichlari asosida ekologik belgi beriladi.

Ekobelgi 60 kun ichida beriladi, va u mahsulot turiga qarab, 2-3 yil muddatga amal qiladi.

Davlat Tabiatni saqlash qo‘mitasi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘z ekobelgisi paydo bo‘lishi The Global Ecolabelling Network — umumjahon ekologik tarmoqqa a’zo bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Unga dunyoning 45 rivojlangan mamlakatlari a’zo bo‘lgan. 

Go‘sht qayta ishlash korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 30% ga oshdi

Undan tashqari ushbu tadbir O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini va chet el bozorlarida uning raqobatdoshligini oshirishga olib kelishi hamda ekologik xavfsiz texnologiyalarni tadbiq qilishga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa aholi ekologik toza mahsulotlarni iste’mol qilishiga asos yaratadi.  

O‘zbek ekobelgisi Xumo qushi timsolida chizilgan bo‘lib uning qanotlari, tabiatni va hayotning paydo bo‘lishini bildiruvchi yashil barglar ko‘rinishida.

Yangiliklar lentasi
0