23:49 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.53
  • EUR9554.57
  • USD8455.37
Toʻrt yashar qizaloq qotilligida ayblanayotgan Gulchehra Boboqulova. Arxiv surat

Boboqulovaning oʻqituvchisi: maktabda u boshqa oʻquvchilardan farq qilmasdi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Jamiyat
Havola olish
9121

Ona shahri Samarqandda Gulchehra Boboqulova haqida u boshqa oʻquvchilardan farq qilmaganini, yaxshi oʻquvchi boʻlganini taʼkidlashdi.

TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Qotil-enaganing hamqishloqlari yuz bergan vahshiy hodisadan shok holatiga tushishgan. Yaqinlari Rossiyaga ishlashga ketgan odamlar esa endi oʻz yaqinlari taqdiri qanday kechishini oʻylab, qaygʻuga choʻmganlar. Samarqandliklar katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan ushbu jinoyat borasidagi har bitta yangilikni sinchkovlik bilan kuzatishayotganini taʼkidladilar.

Oʻqituvchilaridan biri, Boboqulova maktabda boshqa tengdoshlaridan farq qilmaganini taʼkidladi.
"Gulchehra oʻz tengdoshlari orasida biror jihati bilan ajralib turardi, deb aytolmayman. Oʻqishi yaxshi edi, oilasi ham, ota-onasi yaxshi odamlar. Qishloqdagi boshqa qizlar singari, erta turmushga chiqdi", — deb gapirdi oʻz ismi oshkor qilinishini istamagan suhbatdosh Sputnik mubiriga.

Payshanba kuni Boboqulovaning oʻzbekistondagi toʻngʻich oʻgʻli ham hibsga olingani haqida maʼlum boʻldi. Samarqand shahar IIBdagi manba, Gulchehra Boboqulovaning toʻngʻich oʻgʻli va birinchi turmush oʻrtogʻi soʻroq qilingani, olingan maʼlumotlar Toshkentga yuborilgani haqida xabar qildi.
Oʻzbekistonliklar yuz bergan fojiadan shok holatida ekanliklarini maʼlum qilishmoqda. Odamlar Samarqand chet el yangiliklarida mehmondoʻst-shahar sifatida emas, balki, qotil-enaga vatani deb koʻrsatilganidan iztirobda ekanliklarini aytishdi. Yoʻlovchilarning soʻzlariga qaraganda, “bitta aqli zaif ayolni deb, endi butun Oʻzbekistonga tamgʻa qoʻyilmoqda”.
Shuningdek, odamlarning aksariyati endilikda Rossiyada mehnat qilayotgan yaqinlari taqdiridan havotirda ekanliklarini aytishdi.  Odamlarni  Rossiyadagi oʻzbeklar millatchilar tomonidan taʼqibga olinmasmikin, degan savol qiynamoqda.


Eslatib oʻtamiz, 29-fevral kuni Moskva shahri “Oktyabrskoye pole” metrosi stantsiyasida qoʻlida yosh bola boshini ushlab olgan ayol qoʻlga olindi. Guvohlarning soʻzlariga qaraganda, ayol “Allohu akbar!” deb baqirib, atrofdagilarni hozir oʻzini portlatib yuborishi bilan qoʻrqitgan. Shu bois uning yoniga borishga hech kim jurʼat etmagan.
Oradan uzoq vaqt oʻtmay, ayol politsiya xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Metro atrofida portlovchi modda aniqlanmagan.

Asosiy mavzular