Islom Karimovga shogirdidan ochiq maktub

Obuna bo‘lish
Sputnik tahririyatiga Prezident Islom Karimovga sog‘lik-salomatlik tilab yo‘llanayotgan maktublarning kelishi davom etmoqda.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Jumladan, tahririyatimizga o‘zini Prezidentning shogirdi deb tanishtirgan toshkentlik Anvar aka Shukurov noma yo‘llaganlar.

"Mening ustozim, O‘zbek xalqining Otasi, yurtboshimiz, muhtaram Prezidentimiz xurmatli Islom aka Karimovga sixat-salomatlik tilayman. Ilohim tez orada oyoqqa turib ketsinlar!

Islom Abdug‘aniyevich Karimov, O‘zbekiston Prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Prezident haqida yolg‘on mish-mish tarqatgan kishi bozorda “butilkabo‘ron” qilindi
Islom aka bilan Qarshida ishlagan paytlarimiz xuddi kechagidek esimda. U paytlar o‘ta og‘ir davr bo‘lishiga qaramay xalqni bugungi dorilomon yorug‘ kunlarga olib keldilar. Bu yo‘llardagi turli mashaqqat va to‘siqlarni metin iroda bilan yengib, xalqni haqiqiy yo‘ldan og‘ishtirmay, turli jarliklardan sog‘–omon olib o‘tib bugungi tinch va farovon hayotga olib keldilar. O‘zbekistonning bugungi tinchligi, xalqning hotirjamligi, farovonligi – bular barchasi siz yurtboshimiz nomlari bilan bog‘liq!

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – mustaqilligimizning 25-yilligi bilan yurtboshimizni chin dildan tabriklayman! Davlatimizning keyingi 25-yillik hayotidagi ulug‘ ishlarda ham o‘zlari bosh–qosh bo‘lishlarini tilab qolaman!

Yana qayda yashash mumkin emin–erkin,

Shu o‘lkadek tinch mamlakat qay yerda bor,

Kerak bo‘lsa mening umrim qo‘shib bergin,

YuRTBOShIMNI OMON ASRA PARVARDIGOR!"

Shukurov Anvar Ismatovich, nafaqaxo‘r
Toshkent, 2016-yil 30–avgust

Yangiliklar lentasi
0