Islom Karimovning Mustaqillikning 25-yilligi munosabati bilan bayram tabrigi e’lon qilindi

© Press-slujba prezidentaPrivetstvennoe slovo prezidenta Islama Karimova
Privetstvennoe slovo prezidenta Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Mustaqillikning 25-yilligi munosabati bilan bayram tabrigi e’lon qilindi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Tashqi Ishlar vazirligi rasmiy sahifasida Islom Karimovning davlat mustaqilligining 25-yilligi bilan tabrigi e’lon qilindi.

“O‘zbekiston davlat mustaqilligining 25-yillik bayrami bilan barchangizni, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklayman”, — deyilgan xabarda.

Tabrik so‘zi davomida Prezident Mustaqillikning dastlabki yillari oson bo‘lmaganini, lekin shunga qaramasdan O‘zbekiston oziq-ovqat muammosi, turli yovuz kuchlar tajovuzi va boshqa sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, bugungi kunda rivojlayotgan davlatga aylanganini eslab o‘tdi.

O‘zbekiston o‘z oldiga erkin, demokratik davlat qurish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, fuqarolik jamiyatini barpo etish kabi ezgu niyatlarga erishish yo‘lida shoshma-shosharlik va pala-partish ishlarga yo‘l qo‘ymadi, jahondagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandi, lekin kimdandir ko‘r-ko‘rona nusxa olgani yo‘q, — deb so‘zini davom ettirdi Islom Karimov.

Shundan keyin Prezident Mustaqillik yillarida O‘zbekiston erishgan iqtisodiy va ijtimoiy yutuqlarni sanab o‘tdi. Ular orasida mamlakat iqtisodi tarkibida sanoat ulushining o‘sishi, oxirgi yillar davomida to‘xtovsiz iqtisodiy rivojlanish, aholining o‘rtacha yoshining oshishi, O‘zbekistonning sportdagi yutuqlari va boshqalar sanab o‘tildi.

“Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!” – deb, tabrik so‘zini yakunladi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov.

Tabrik so‘zining to‘liq matni bilan TIV rasmiy sahifasida tanishib chiqishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0