Vazirlar Mahkamasi Islom Karimovning sog‘lig‘i haqidagi xabarlarga izoh bermayapti

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RIA Novosti axborot agentligi juma kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qo‘ng‘iroq qildi.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. O‘zbekiston hukumati mamlakat prezidenti Islom Karimov betobligi va davolanishi borasidagi xabarlarga hech qanday izoh bermaydi, deb xabar qildi RIA Novosti nashriga O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakili.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kasalligi jarayoni qanday kechayotgani haqidagi xabarlarga hukumat hech qanday izoh bermaydi", — deya aniqlik kiritdi suhbatdosh agentlikka.

Sal oldin Reyter agentligi diplomatik manbalarga tayangan holda Islom Karimovning vafot etgani haqida xabar tarqatgan edi.

Kreml - Sputnik O‘zbekiston
Kremlda O‘zbekiston Prezidentining salomatligi bilan bog‘liq xabar yo‘q

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab O‘zbekiston hukmati Prezident Islom Karimov og‘ir ahvolda, deb xabar qilgan edi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi xabariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida Prezident holati keskin yomonlashgan.

"Aziz vatandoshlar, chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, o‘tgan sutkada Prezidentimizning sog‘lig‘i birdaniga yomonlashdi va shifokorlar vaziyatni o‘ta og‘ir deb baholamoqda”, — deyilgan Vazirlar Mahkamasining rasmiy xabarida.

Yangiliklar lentasi
0