TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Yekaterinburgda OIV epidemiyasi eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti shahar administratsiyasi xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga koʻra, shaharda OIV bilan zararlangan 26693 kishi aniqlangan. Bu esa aholining 1,8 %ni tashkil qiladi, yaʼni shahar aholisining har 50 nafaridan biri kasallangan. Unan tashqari 774 yosh bola ham nazorat ostida. Ulardan 342 nafarida OITS tashhisi qoʻyilgan.
“Kasallanish darajasi oʻzgarib turadi: eng yuqori koʻrsatkich – Jeleznodorojniy rayonida (2%dan koʻp), Leninsk va Kirovsk tumanlarida esa – 1,5 %. Umuman olganda, OIV yuqtirish boʻyicha Sverdlovsk viloyati butun Rossiya boʻyicha birinchi oʻrinda”, — deb xabar qilishda shahar maʼmuriyatida.
Yekaterinburgda kasallanish asosan narkotik moddalarni qabul qilish yoʻli bilan yuqadi – 52%, ikkinchi oʻrinda esa 46% — jinsiy aloqa yoʻli bilan yuqtiriladigan.
Bugungi kunda Yekaterinburgda jinsiy aloqa yoʻli bilan virus yuqtirish juda avj olmoqda. Kasallanganlar orasida nafaqat yoshlar, orasida 35-49 yoshlilar –ham koʻp.