Saylov kuni Andijonda jamoat transportidan foydalanish bepul bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Shu kuni 52 mingdan ziyod yo‘nalishdagi "Damas" avtomashinalari va taksilar saylovda ishtirok etuvchi aholiga beminnat ko‘mak beradilar

TOShKENT, 30 noya – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadigan 4-dekabr kuni Andijon viloyatidagi transport vositalari tomonidan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Bu haqda uz24.uz xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, viloyatdagi aholiga transport xizmati ko‘rsatuvchi bir guruh haydovchilar yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashabbus bilan chiqdilar.

Saylov o‘tkaziladigan kuni viloyat hududidagi barcha shahar va tumanlardagi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transport vositalari tomonidan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

Avtobus - Sputnik O‘zbekiston
4-dekabr kuni Toshkentda metro va avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu kuni 52 mingdan ziyod yo‘nalishdagi "Damas" avtomashinalari va taksilar saylovda ishtirok etuvchi aholiga beminnat ko‘mak beradilar.

Ayni paytda Andijon shahri va tumanlaridagi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari oynalarida "Vatanim kelajagi uchun ovoz beraman", "4 dekabr bepul xizmat ko‘rsatish kuni" deb yozilgan e’lonlarni ko‘rish mumkin, deyiladi xabarda.

Avvalroq saylov kuni Toshkent shahridagi barcha jamoat transportlari bepul bo‘lishi ma’lum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0