05:45 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
671 0 0

4-dekabr kuni mamlakatga kirish va chiqish taʼqiqlanadimi degan savolga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzraf Ikromov "ortiqcha shov-shuvlar uchun hech qanday asos yoʻq", deya javob berdi, deb yozmoqda "Darakchi" nashri

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezident saylovi jarayonini yoritish boʻyicha "Press-klub Elections.uz-2016" oʻz faoliyatini boshladi, deb xabar qiladi "Darakchi" nashri.

Xabarda taʼkidlanishicha, press-klubning birinchi ish kuni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati raisi oʻrinbosari Svetlana Ortiqova, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzraf Ikromov, Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xoʻjayeva, FJSHMQMI eksperti Dilafruz Soʻfiyevalar ishtirokida jurnalistlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtkazgan.

Xususan, jurnalistlar tomonidan soʻnggi vaqtlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Oʻzbekistonga 4 dekabr Oʻzbekiston Prezidenti saylovi kuni kirish va chiqishda cheklovlar oʻrnatilishi xususidagi mish-mishlar yuzasidan ekspertlarga savol bilan murojaat qilingan.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzraf Ikromov quyidagicha javob bergan: "Ortiqcha shov-shuvlar uchun hech qanday asos yoʻq. 4 dekabr kuni mamlakatimiz hududida jamoat transportining barcha turlari odatdagi tartibda ishlaydi. Oʻzbekistonga kirish va chiqishda ham hech qanday cheklovlar koʻzda tutilmagan".

Teglar:
yopiladi, yoʻllar, saylov, 4 dekabr, saylov, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular