06:37 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonda prezident saylovi (124)
144 0 0

Professor Ilyas Tulteyevning fikricha, ovoz berish jarayoni hali davom etayotgan paytda ham soʻrovning dastlabki natijalari eʼlon qilinishi jamoatchilik fikri va saylov natijalariga taʼsir koʻrsatadi

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda saylov davomida ekzitpollarni (saylov uchastkalarida soʻrovnoma oʻtkazish) taqiqlash saylovchilarga oʻz mustaqil qarashlarini shakllantirish imkonini beradi, dedi Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Ilyas Tulteyev, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Oʻzbekistonda saylov kampaniyasi paytida jamoatchilik fikri soʻrovi natijalarini eʼlon qilish tartibining chegaralangani saylovchiga oʻz mustaqil fikrini shakllantirish imkonini beradi. Siyosiy partiyalar, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining saylov jarayonini kuzatishlari orqali mazkur cheklov oʻzini oqlaydi", — dedi Tulteyev Oʻzbekiston MSKda boʻlib oʻtgan seminar davomida.

Tulteyev  amaliyotda ovoz berish jarayoni hali davom etayotgan paytda ham soʻrovning dastlabki natijalari eʼlon qilinishi jamoatchilik fikriga muayyan taʼsir koʻrsatadi deb hisoblaydi.

"Shubhasiz, bu jamoatchilik fikriga muayyan taʼsir koʻrsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham soʻnggi paytlarda saylov natijalariga noqonuniy taʼsir koʻrsatishning bunday amaliyotini tanqid qilish tobora kuchayib borayotgani tasodif emas", — dedi yurist.

Oʻzbekistonda 2012 yilda saylov qonunchiligiga ovoz berish kuniga qadar qolgan 5 kun ichida, shuningdek, ovoz berish kuni jamoat fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (eʼlon qilish), shuningdek ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan, Internet tarmogʻiga) joylashtirish taqiqlanishi, kuzatuvchilarga saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish man etilishi toʻgʻrisida oʻzgartishlar kiritilgan.

Mazkur qonun talablarining buzilishi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq, mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining 15 barobaridan 20 barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq, saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shunga koʻra, joriy yilning 3—4 dekabr kunlari saylovoldi tashviqoti taqiqlanadi.

"Jimlik kuni" saylovchilarga qaysi nomzodga moyilligini mustaqil aniqlab olish imkonini beradi. Bunda u saylovoldi tashviqotidan xoli ravishda bosiqlik bilan u yoki bu nomzod uchun ovoz berish maqsadida ongli qaror qabul qiladi.

3 dekabr kirib kelishi bilan saylovoldi tashviqoti davri tugaydi. Shu kundan eʼtiboran ovoz berish yakunlanguniga qadar ommaviy axborot vositalarida saylovoldi tashviqoti taqiqlanadi, boshqa turdagi saylovoldi tashviqotini olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonunchilikka binoan, "jimlik kuni"gacha nomzodlarga ovoz berishga chaqiradigan tashviqot materiallari olib tashlanishi kerak. Qonunda belgilangan tartibda joylashtirilgan bosma tashviqot materiallari — varaqalar, plakatlar va boshqalar jamoat gavjum boʻladigan joylarda saqlanmasligi lozim. Binolar, inshootlar, tashqi reklama vositalari va boshqa joylarga joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari uchastka saylov komissiyalari aʼzolari, siyosiy partiyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari tomonidan olib tashlanadi. Saylovoldi tashviqoti materiallarini olib tashlash ovoz berish boshlanishidan ikki kun avval soat 20:00da boshlanadi va ovoz berish kuniga bir kun qolganida soat 06:00da yakunlanadi. Shundan kelib chiqib, saylovga bir kun qolganda hech bir jamoat joyida tashviqot materiali boʻlmasligi lozim.

"Jimlik kuni"da ruxsat beriladigan yagona tashviqot tadbiri saylovchilarni ovoz berishga chorlashdir.

Mavzu:
Oʻzbekistonda prezident saylovi (124)

Asosiy mavzular