12:07 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
34430

Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan prezident saylovi hech kimni beeʼtibor qoldirmadi - ovoz berish jarayonida siyosatchi, mashhurlardan tortib, saylov yoshida boʻlganlarning barchasi, hatto 100 yoshli onaxonlargacha faol ishtirok etdilar

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan prezident saylovi yakunlandi. 19.00 holatiga koʻra, saylovchilar davomati 86,62%ni tashkil etdi.

Eng qizgʻin xabar va fotolavhalarni, albatta, internet olamida kuzatish mumkin edi. Misol uchun Feysbuk ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilari oʻrtasida "Men ham qarab oʻtirganim yoʻq" aktsiyasi avj oldi va bunda "FBdoshlar" ovoz berish jarayonida tushgan suratlari bilan oʻzaro almashdilar.

Kimdir qaysi nomzodga ovoz berganini baralla aytdi, kimdir esa sir tutishni afzal bildi.

Albatta, estrada yulduzlarining saylov uchastkalariga tashrifi ham alohida tilga olindi. Oʻz fuqarolik burchini ado etayotgan mashhurlar muxlislar qistovi bilan maʼlum vaqtlarini dastxat berishga sarfladilar.

Saylovda 100 yoshli onaxonlarimiz ham faol ishtirok etganini esa alohida hurmat ila tilga olish mumkin.

Misol uchun, Feysbukdagi Abdurahim Eshon ismli foydalanuvchi oʻzining 100 yoshli onasi Shavkat Mirziyoyevga ovoz bergani haqida yozgan. "Mehribonim, poyi Jannatim onajonim 100 yoshdalar. Nihoyatda qalblari toʻlib, xursand boʻlib, shu kunlarga yetkazganiga shukronalar keltirib, Shavkat Mirziyoyevga ovoz berdilar", — deb yozib qoldirgan Abdurahim Eshon oʻzining Feysbukdagi sahifasida.

100 yoshli onaxon saylovda ishtirok etdi
100 yoshli onaxon saylovda ishtirok etdi
Teglar:
Mirziyoyev, 100 yoshli onaxon, saylov, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular