O‘zLiDeP: Shavkat Mirziyoyev 80% ovoz to‘plaganiga ishonchimiz komil

© Sputnik / Valeriy MelnikovShavkata Mirziyoyev saylovoldi shtabi
Shavkata Mirziyoyev saylovoldi shtabi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi saylov uchastkalari yopildi, O‘zLiDep nomzodi Shavkat Mirziyoyev shtabining g‘alabaga ishonchi komil.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zLiDeP vakili Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning kamida 80% ovoziga ega bo‘lishga ishonch bildirmoqda. 

"Biz kamida 80% ovoz to‘pladik, bunga ishonchimiz komil. Barcha hisob-kitoblar, xalqaro kuzatuvchilar ham buni ko‘rishdi. Bizning ko‘tarinki ruhdamiz. Hozir aniq sonni ayta olmasak-da, lekin bunga ishonamiz. Hozir barcha tumanlardan kuzatuvchilar to‘planmoqda", — dedi O‘zLiDeP partiyasi rahbari o‘rinbosari Muxlisaxon Akromova.

O‘zbekistonda barcha saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00da yopildi. Yevropa, Misr va AQShdagi O‘zbekiston vakolatxonalarida ovoz berish davom etmoqda.

Ayni damda Markaziy saylov komissiyasi to‘plangan ovozlarni hisoblash bilan shug‘ullanmoqda. Saylovning yakuniy natijasi 5-dekabr kuni soat 16:00da e’lon qilinadi.

Undan tashqari 5-dekabr kuni Xitoy, Belarussiya, Buyuk Britaniya hamda  ShHT, MDH, KXShT va Ujumjahon Saylov tashkilotidan saylovni kuzatish uchun kelgan delegatsiyalar hisoboti tinglanadi.

Yangiliklar lentasi
0