06:55 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
11711

Pul oʻtkazmalarini profil rasmi ostida paydo boʻlgan havola orqali amalga oshirish mumkin

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Odnoklassniki ijtimoiy tarmogʻi ushbu tarmoqda mavjud barcha guruhlarga foydalanuvchilar tomonidan pul oʻtkazish sozlanmasini yaratdi. Pul oʻtkazmasini istalgan guruhga yuborish mumkin. Sozlanma orqali guruh tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun pul toʻlash, minnatdorchilik bildirish, guruh rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash yoki hayriya sifatida pul oʻtkazish mumkin, deb xabar qilmoqda Odnoklassniki ijtimoiy tarmogʻi matbuot-xizmati.

Pul oʻtkazmalarini profil rasmi ostida paydo boʻlgan havola orqali amalga oshirish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun guruh maʼmuriyati pul tushishi kerak boʻlgan bank kartasi raqamini kiritishlari va SMS-avtorizatsiyadan oʻtishlari kerak boʻladi. Poʻl oʻtkazmalari haqidagi maʼlumot guruh sozlanmalarining "Pul oʻtkazmalari" boʻlimida aks ettiriladi. Guruh boshqaruvchisi esa koʻrsatilgan bank kartasiga pul kelib tushgani haqida xabarnomani yoqish imkoniyatiga ega. Kelajakda pul oʻtkazmalari uchun komissiya toʻlovini pul oʻtkazuvchilardan pul oluvchilarga yuklash rejalashtirilgan.

MasterCard va Maestro kartalaridan pul oʻtkazilganda komissiya toʻlovi olinmaydi.

Teglar:
toʻlov, ok, odnoklassniki, Rossiya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular