2017 yildan rahbarlar aholi oldida hisobot beradi

O‘zbekiston senati yig‘ilishi
O‘zbekiston senati yig‘ilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyevning fikricha, shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni o‘rganib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibini joriy etish vaqti keldi

TOShKENT, 8 dek – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida kelasi yildan boshlab barcha rahbarlar xalq oldida hisobot berishlarini ma’lum qildi.

"Biz aholi eng ko‘p murojaat qiladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga o‘tish haqida o‘ylayapmiz. Xususan, 2017-yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi”, dedi u.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev hokimlarni saylov yo‘li bilan tayinlashni taklif qildi

Mirziyoyevning fikricha, parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish maqsadida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni o‘rganib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibini joriy etishni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati rahbariyati, deputatlar va senatorlarga taklif bilan murojaat qildi.

"Har qaysi viloyatdan, masalan, Surxondarodan saylangan Oliy Majlis deputatlari va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda, aytaylik, Muzrabot tumanida bo‘lib, o‘zlari saylangan hududdagi ijroiya hokimiyat organi, prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi va tegishli xulosa berishi maqsadga muvofiq bo‘lur edi.

Ma’lumki, hozirgi kunda Oliy Majlisimiz Senati tomonidan har yili Bosh prokuraturaning hisoboti eshitiladi. Bu albatta muhim, lekin joylardagi, masalan, uzoq Olot tumanida mahalliy hokimliklar, prokuratura va ichki ishlar bo‘limlarining hisobotini kim eshitadi?

Shu nuqtai nazardan qaraganda, Birinchi Prezidentimiz joriy etgan tizim asosida hurmatli Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat raisi joylarga chiqqanlarida mahalliy hokimliklar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlaridan ular o‘z zimmasidagi vazifalarni qay darajada ijro etayotganiga, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni, ularning murojaatlarini qanday hal qilayotganiga alohida e’tibor qaratishlari lozim", dedi Shavkat Miromonovich.

Mirziyoyev o‘tkazilgan barcha o‘rganishlar natijalarini umumlashtirib, har yili bir marta ichki ishlar vazirining eng avvalo profilaktika sohasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini Senatda eshitish amaliyotini joriy etish taklifini o‘rtaga tashladi.

Yangiliklar lentasi
0