01:52 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
132010

8 yanvar – "Prokuratura organlari xodimlari kuni" sifatida qayd etildi. Bu taklif kecha, 13 dekabr kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramlari belgilandi, deb xabar qilmoqda qalampir nashri.

Xabarda aytilishicha, 8 yanvar – "Prokuratura organlari xodimlari kuni" sifatida qayd etilgan. Bu taklif 13 dekabr kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan bir ovozdan maʼqullangan.

1992 yil 8 yanvar sanasida "Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan. Majlisda senatorlar buni alohida taʼkidlashgan va 8 yanvarni "Prokuratura organlari xodimlari kuni" deb eʼlon qilishga qaror qilishgan.

Teglar:
8-yanvar, Oliy Majlis, kasb bayram, prokuratura

Asosiy mavzular