10:04 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
54012

Hokimlikning bildirishicha, qariyb 4 gektarlik maydonda bayram archasi, sahna, bolalar uchun attraktsionlar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari bunyod etiladi

TOSHKENT, 14 dek – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, shaharning jami 9ta maydonida Yangi yil archasi oʻrnatiladi.

Ilgariroq Oʻzbekistonning asosiy Yangi yil archasi "Anhor-Lokomotiv" bogʻiga oʻrnatilishi xabar qilingandi. Hokimlikning bildirishicha, qariyb 4 gektarlik maydonda bayram archasi, sahna, bolalar uchun attraktsionlar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari bunyod etiladi. Shuningdek, avtotransport vositalarining kirib chiqishi va toʻxtash joylari ham belgilanmoqda. Mazkur maydonga borish yoʻllarida keng obodonlashtirish va bayramona bezash ishlariga start berilgan.

"Madaniyat va sport ishlari vazirligi va tegishli mutasaddi tashkilotlar bayram kunlari yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yangi teatrlashtirilgan dasturlar ustida ish olib borishmoqda", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, archalar odatdagidek "Mustaqillik va Ezgulik" maydoni, Algoritm dahasidagi Roison Elektronics korxonasi oldi maydoni, Yunusobod tumanidagi "Saylgoh" maydoni, Shayxontohur tumanidagi "Xadra" maydoni, Yashnobod tumanida  Markaziy ofitserlar uyi (sobiq Aviasozlar saroyi) oldidagi maydon, Sergeli tumanidagi “Baxtdiyor guzari” maydoni, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Lokomotiv” istirohat bogʻi hamda Bektemir tumanidagi "Quyoshcha nuri" bogʻi hududlarida oʻrnatiladi.

Asosiy mavzular