08:53 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
387161

Oliy Majlis Abdulla Aripovni Oʻzbekiston bosh vazir lavozimiga tasdiqladi.

TOSHKENT, 14 dek – Sputnik. Bugun Toshkentda boʻlib oʻtgan Oliy Majlis palatalari majslisida Abdulla Aripov nomzodi Oʻzbekiston bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Oliy Majlisning qoʻshma majlisida bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taklif qildi. Abdulla Aripov, oʻz navbatida, Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim qildi.

Deputatlar va senatorlar orasid oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra, Abdulla Aripov Oʻzbekiston bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Ovoz berishda parlament quyi palatasidan 150 deputatdan 142 nafari ishtirok etdi, senatdan esa 100 deputatdan 92 nafari ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Liberal Demokratik partiyasi 12 dekabr kuni Abdulla Aripov nomzodini Oʻzbekiston prezidentiga bosh vazir lavozimiga taklif etgan edi.

Abdulla Aripov 1961 yilda Toshkentda tugʻilgan. 2002 yildan beri Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. Sputnik Abdulla Aripovning haqida shu yerda batafsil xabar bergan edi.

Mavzu:
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)

Asosiy mavzular