Toshkent avtobus bekatlarida axborot ekranlari paydo bo‘ldi

© Foto : ToshshaxartransxizmatToshkent avtobus bekatlaridagi axborot ekranlari
Toshkent avtobus bekatlaridagi axborot ekranlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu ekranlarda nafaqat avtobuslar jadvali balkim, valyutalar kursi va ob-havo haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Toshkentning bir necha avtobus bekatlarida axborot ekranlari paydo bo‘ldi. Ularda nafaqat avtobuslar yetib kelish aniq vaqti, balkim ob havo va valyutalar narxi ham ko‘rsatilishi mumkin, deb xabar qilmoqda uz24.uz

Bunday ekranlar Taraqqiyot ko‘chasidagi 6 roddom oldidagi, Shaxrisabz ko‘chasidagi sobiq “Bolalar dunyosi” magazini oldidagi, Shota Rustaveli ko‘chasidagi Grand Mir Hotel mehmonxonasi oldidagi hamda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasidagi "Chimon" magazini oldidagi bekatlarda joylashgan, — deb xabar qilmoqda "Toshshaxartransxizmat" AJ.

Bekatlarda o‘rnatilgan monitorlarda soat 06:00 dan 23:00gacha avtobuslar harakatlanish jadvali, valyutalar kursi va poytaxtdagi ob-havo ma’lumoti ko‘rsatib turiladi.  

"Toshshaxartransxizmat" AJ 2017  yilning oxiriga qadar ushbu kabi monitorlarni Toshkent shahrining barcha avtobus bekatlarida o‘rnatishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0