22:44 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
24501

Kompaniya yangi yil oldi kunlari karta egalariga xaridlar va onlayn toʻlovlarni kunning ikkinchi yarmi va kechki vaqtga rejalashtirishlarini tavsiya qilmoqda

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. 2016 yilning  14 va 15 dekabr kunlari Uzcard kartalari sohiblari xarid jarayoni davomida qator maʼlum muammolarga dech keldilar. Tranzaktsiyalar faolligining ortishi munosabati bilan POS va E-POS terminallarining Protsessing Markazi bilan ertalabki soatlarda (11:00-12:30)uzilishlar kuzatildi, deb xabar qilingan kompaniya saytida.

Kompaniya yangi yil oldi kunlari karta egalariga xaridlar va onlayn toʻlovlarni kunning ikkinchi yarmi va kechki vaqtga rejalashtirishlarini tavsiya qilmoqda.

"Mazkur holatlar yuzasidan choralar koʻrilmoqda. Shunga qaramasdan, yangi yil oldi kunlari karta egalariga xaridlar va onlayn toʻlovlarni kunning ikkinchi yarmi va kechki vaqtga rejalashtirishlarini tavsiya qilamiz.
Bizni tushunasiz degan umiddamiz!", — deyilgan xabar matnida.

Teglar:
uzkart, uzilishlar, terminal, bank kartasi

Asosiy mavzular