Mirziyoyev hokimlarning ishdan olinishlari sababini ma’lum qildi

© Press-slujba prezidenta RUzShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev o‘tgan haftada birdaniga to‘rt viloyat hokimi almashishiga izoh berdi

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. O‘tgan haftada birdaniga to‘rt – Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari hokimlari vazifasidan ozod etilib, ularning o‘rniga yangi hokimlar ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida hokimlarning almashinuvi sababini ma’lum qildi.

"2 kunda 4 ta viloyat hokimi ishdan olindi va virtual qabulxonadan kelayotgan murojaatlar bilan ishlash holati ularning eng asosiy kamchiliklaridan biri sifatida ta’kidlandi!", — deyiladi sahifada.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev amaldorlardan biriga hayfsan berdi

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarligini qabul qilganidan keyin virtual qabulxona ochgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, virtual qabulxona faoliyat boshlaganidan so‘ng 2 oy o‘tib, ya’ni 25-sentabrdan 30-noyabrga qadar portalga 220 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Aksariyat murojaatlarda ko‘rsatilgan muammolar tez vaqt ichida samarali hal qilindi.

Shundan so‘ng Mirziyoyev barcha shahar va tumanlarda "xalq qabulxonalari" ochishni, barcha rahbarlardan "xalqqa yaqinroq bo‘lib, xalq dardiga quloq tutishni" talab qildi. Shuningdek, O‘zbekistonda "Davlat xizmati to‘g‘risida" qonun ishlab chiqarilmoqda, unga ko‘ra, o‘z vazifasiga layoqatli bo‘lmagan amaldorlar ma’muriy va jinoiy jazoga tortilishi mumkin. Yangi yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilinishi ham ushbu yo‘nalishda hali ko‘p yaxshi ishlar qilinishidan darak beradi.

Yangiliklar lentasi
0