21:24 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
912864

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining qarori eʼlon qilindi.

Qarorda maʼlum qilinishicha, "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2017 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilar 2017 yilning fevral-aprel  oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatiladi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining Kotibi V. Maxmudov zimmasiga yuklangan.

Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016 yil 21 dekabrda imzolangan.

Teglar:
muddatli harbiy xizmat, harbiy, armiyaga chaqiriq

Asosiy mavzular