15:36 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
93801

Oʻtgan haftada Oʻzbekistondagi qator viloyatlarda hokimlar tayinlangandi

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga koʻra Jizzax viloyatiga hokim tayinlandi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining qaroriga muvofiq Ulugʻbek Yoʻldoshevich Uzoqov Jizzax viloyatining hokimi lavozimiga tayinlansin", deyiladi farmonda.

U sobiq hokim Sayfiddin Umarovich Ismoilovning oʻrniga ushbu lavozimga tayinlandi. Sayfiddin Ismoilov Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, prezident farmoniga muvofiq oʻtgan haftada Oʻzbekistondagi qator viloyatlarda hokimlar tayinlangandi.

Asosiy mavzular