17:48 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
78341

Oʻzbekistonning Bosh archasi "Lokomotiv-Anhor" maydoni markazi oʻrnatildi. Balandligi 26 metr, aylanasi 7 metrdan ortiq goʻzal archaga minglab shar va oʻyinchoqlar, kamalakrang chiroqlar zeb berib turibdi

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Oʻzbekistondagi madaniyat va istirohat bogʻlari, maydon va xiyobonlarida Yangi yil bayrami tadbirlari boshlandi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Xabarda taʼkidlanishicha, mustaqillik maydoni, koʻchalar, koʻplab bogʻlar koʻzni qamashtirguchi oʻyinchoqli zumrad archalar bilan bezatilgan.

Yangi yil bayramiga bagʻishlangan teatrlashtirilgan-musiqiy tadbirlar ​Xadra maydoni, Yunusobod tumani Sayilgoh maydoni, Chilonzor tumani "Algoritm" dahasidagi "Roison Electronics" korxonasi oldi maydoni, Yashnobod tumani "Aviasozlar" shaharchasi maydoni, Mirzo Ulugʻbek tumani "Lokomotiv" bogʻi, Sergeli tumani "Baxt diyori" guzari oldidagi maydon hamda Bektemir tumani "Quyoshcha nuri" madaniyat va istirohat bogʻlarida oʻtkazilmoqda. Bu yerda "Zumrad shaharcha sehrgari", "Baxt kaliti", "Gʻaroyib qush", "Qor malikasi" va boshqa koʻplab spektakllar bilan birga rang-barang musiqiy dasturlar, oʻyin va viktorinalar, qiziqarli sahna koʻrinishlari, tsirk ustalarining dasturi tomoshabinlarga taqdim etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bu yil Oʻzbekistonning Bosh archasi "Lokomotiv-Anhor" maydoni markazi oʻrnatildi. Balandligi 26 metr, aylanasi 7 metrdan ortiq goʻzal archaga minglab shar va oʻyinchoqlar, kamalakrang chiroqlar zeb berib turibdi

Maydondagi sahnada Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining "Semurgʻ" tomoshasi bolajonlar eʼtiboriga havola etilmoqda. Rang-barang kontsertlar, turli intellektual oʻyinlar, qiziqarli tomoshalar bayramga yanada shukuh bagʻishlaydi. Ulkan Qorbola, ayigʻu tulkichalar, ertak va multfilmlardagi quvnoq qahramonlarni ham aynan shu yerning oʻzida uchratish mumkin. Turli projektorlar, yoritish moslamalari, lazerli texnologiyalar, zamonaviy maxsus badiiy effektlar maydonning oqshomgi koʻrinishiga oʻzgacha maftunkorlik, sehr va joziba bagʻishlaydi. Ertaklar olamiga tushib qolgandek his etasiz oʻzingizni.

Teglar:
qor bobo, archa, bayram, yangi yil, Toshkent

Asosiy mavzular