07:28 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
109541

Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, posbonlar faol ishtirok etib, tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar, huquqbuzarliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmoqda

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Ichki ishlar idoralari tizimida bayram kunlari tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilmoqda, deb xabar qilmoqda Uz24 nashri mahalliy OAVlarga tayangan holda.

Xabarda aytilishicha, bunda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

"Yurtimizning har bir goʻshasi, ayniqsa, bayram tadbirlari oʻtkaziladigan joylar soha xodimlarining alohida eʼtiborida. Noxush holatlar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik, xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus reydlar oʻtkazilmoqda. Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, posbonlar faol ishtirok etib, tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar, huquqbuzarliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmoqda", — deyiladi xabarda.

Xabarda taʼkidlanishicha, pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qoʻyish borasida 37 mingdan ortiq reyd oʻtkazilgan. Natijada 127 holat aniqlanib, ular yuzasidan toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun tegishli idoralarga yuborilgan. 150 mingga yaqin pirotexnika vositalari musodara qilingan.

Bayram arafasida yongʻin xavfsizligi tadbirlari yanada kuchaytirilgan. Soha xodimlari aholi oʻrtasida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlarini davom ettirmoqda.

Misol uchun, soʻnggi besh yilda sodir boʻlgan yongʻinlarning deyarli 80%i boshlangʻich davrida bartaraf etilgan. Natijada ming nafarga yaqin inson hayoti asrab qolingan, 460 milliard soʻmlikdan ortiq mol-mulk qutqarib qolingan.

Bayram kunlari yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Yoʻl-patrul xizmati maskanlarida avtotransport vositalari qatʼiy tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Aholi xavfsizligini taʼminlash uchun barcha jamoat transportlari texnik koʻrikdan oʻtkazildi. Bayram tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar atrofidagi yoʻllar va yoʻl belgilari koʻzdan kechirilib, kamchiliklar bartaraf etilgan.

Teglar:
xavfsizlik, yangi yil, bayram

Asosiy mavzular