21:20 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
85030

Samarqand shahri, Rudakiy koʻchasida joylashgan "Dinora" MCHJga qarashli AYOQShda AI-80 rusumli avtobenzin 3000 soʻmdan sotilayotgani yetmagandek, har 10 litrga 0,7 litr kam avtobenzin quyilayotganligi oshkor boʻldi

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. "Oʻzdavneftgazinspektsiya" Samarqand hududiy boʻlimi tomonidan neft mahsulotlari sotuvi boʻyicha olib borgan oʻrganish davomida bir qator savdo qoidalari buzilishi holatlarini aniqladi, deb xabar qilmoqda "Zarafshon" nashri.

Xabarda taʼkidlanishicha, ayrim shoxobchalarda yoqilgʻidan "urib qolish", mahsulot sifati boʻyicha yolgʻon maʼlumot berish holatlari qayd etilgan.

"Samarqand shahri, Rudakiy koʻchasida joylashgan "Dinora" MCHJga qarashli AYOQShda AI-80 rusumli avtobenzin "AI-91 rusumli avtobenzin" deb 1-sonli Ai-91 rusumli avtobenzin tarqatish uchun moʻljallangan uskunadan 3000 soʻmdan sotilayotgani yetmagandek, har 10 litrga 0,7 litr kam avtobenzin quyilayotganligi oshkor boʻldi. Isteʼmolchilarni osongina laqillatish maqsadida boʻlsa kerak, AYOQShda mahsulot narxlari ham koʻrsatilmagan. Paxtachi tumani "Zafar Osiyo petrol" xususiy korxonasiga qarashli AYOQShda ham AI-80 rusumli benzinni AI-95 rusumli mahsulot oʻrnida pullashgan. AYOQShda elektr energiyasi uzilganligi vaj qilib koʻrsatilib, nostandart idishlar orqali xaridorlarga har 5 litr benzindan 750 millilitr kam quyib sotilmoqda", — deyiladi xabarda.

"Oʻzdavneftgazinspektsiya"si tomonidan neft-gaz mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar huquqi himoya qilinadi. Shu bilan birga, mavjud imkoniyatlarga oyoq qoʻyish hollariga munosib ravishda baho beriladi.

"Tekshirishlar davomida yuqoridagi salbiy holatlarning barchasiga toʻsiq qoʻyildi. Qoidabuzarliklar boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora koʻrish uchun tegishli organlarga yuborildi", — deyilgan xabarda.

Teglar:
AYOQSH, zapravka, benzin

Asosiy mavzular